«SHORTWAY» MChJ subyektlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash siyosati
Toshkent sh., KK.OO.YYYY
«SHORTWAY» MChJ subyektlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash siyosati
Toshkent sh.
Mundarija:
1. Maqsad va qo'llanish sohasi.
2. Atamalar va ta'riflar.
3. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari.
4. Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash tamoyillari, shartlari va maqsadlari.
5. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlarning hajmi va toifalari, shaxsiy ma'lumot subyektlarining toifalari.
6. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlari.
7. Subyektlarning murojaatlari va so'rovlarini ko'rib chiqish tartibi.
8. Nazorat organlarining so'rovlari bo'yicha harakatlar tartibi.
9. Yakuniy qoidalar.
1. Maqsad va qo'llanish sohasi.
1.1. «SHORTWAY» MChJ subyektlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash siyosati (bundan buyon – «Siyosat») «SHORTWAY» MChJ (bundan buyon – «Kompaniya»)ning ishchilar, mijozlar, kontragentlar yoki Kompaniya o'z faoliyati doirasida shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlaydigan boshqa shaxslar bo'lgan jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash, to'plash, saqlash va himoya qilish tartibini tartibga soluvchi lokal hujjatidir.
1.2. Ushbu Siyosatni ishlab chiqishdan maqsad jismoniy shaxsning shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanganda uning huquqlari va erkinliklarini, jumladan shaxsiy hayotga, shaxsiy va oilaviy sirga bo'lgan huquqini himoya qilishni ta'minlashdan iborat. Shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarga kirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishni tartibga soluvchi normalar talablarini bajarmaganligi uchun javobgarligini belgilash ham muhim jihat hisoblanadi.
1.3. Kompaniya Mijozlariga oid shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash Siyosati, agar Siyosat matnining o'zida boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, ushbu Siyosat kuchga kirishidan oldin ham, undan keyin ham olingan ma'lumotlarga taalluqlidir.
2. Atamalar va ta'riflar.
2.1. Siyosatda quyidagi atamalar va ta'riflar qo'llaniladi:
Shaxsiy ma'lumotlar — Elektron, qog'oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan, muayyan jismoniy shaxsga tegishli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma'lumot.
Shaxsiy ma'lumot subyekti (subyekt) — Shaxsiy ma'lumotlar tegishli bo'lgan jismoniy shaxs.
Shaxsiy ma'lumotlar bazasi — Tarkibida shaxsiy ma'lumotlarni saqlovchi axborot tizimi shaklidagi ma'lumotlar bazasi.
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash — Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, anonimlashtirish va yo'q qilish bo'yicha bir yoki bir necha harakatlarni amalga oshirish.
Shaxsiy ma'lumotlar bazasi operatori (operator) — Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs.
Shaxsiy ma'lumotlar bazasi egasi (egasi) — Shaxsiy ma'lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs.
Uchinchi shaxs — Subyekt, egasi va (yoki) operator bo'lmagan, biroq u bilan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga oid holatlar yoki munosabatlar bilan bog'liq har qanday shaxs.
Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish — Shaxsiy ma'lumotlarni olish bilan bog'liq harakatlar.
Shaxsiy ma'lumotlarni tizimlashtirish — Shaxsiy ma'lumotlarni muayyan tizimga birlashtirishga qaratilgan harakat.
Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash — Shaxsiy ma'lumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash bo'yicha harakatlar.
Shaxsiy ma'lumotlarni tarqatish — Shaxsiy ma'lumotlarni noaniq doiradagi shaxslarga oshkor qilishga qaratilgan harakatlar, jumladan shaxsiy ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish, Internet tarmog'ida joylashtirish yoki shaxsiy ma'lumotlarga boshqa har qanday usulda kirish imkonini berish.
Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish — Shaxsiy ma'lumotlarni muayyan shaxsga oshkor qilishga qaratilgan harakatlar.
Shaxsiy ma'lumotlarni bloklash (cheklash) — Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni vaqtincha to'xtatib turish (shaxsiy ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun qayta ishlash zarur bo'lgan hollar bundan mustasno).
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish — Egasi, operator va uchinchi shaxs faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan, shaxsiy ma'lumotlar bilan bog'liq harakatlar.
Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish va (yoki) to'ldirish — Shaxsiy ma'lumotlar bazasida mavjud shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish va (yoki) to'ldirish.
Shaxsiy ma'lumotlarni chegaraaro uzatish — Shaxsiy ma'lumotlarni egasi va (yoki) operator tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish.
Shaxsiy ma'lumotlarni anonimlashtirish — Amalga oshirilishi natijasida shaxsiy ma'lumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkonsiz bo'lib qoladigan harakatlar.
Shaxsiy ma'lumotlarni yo'q qilish — Natijasida shaxsiy ma'lumotlarni tiklash imkonsiz bo'lib qoladigan harakatlar.
Biografik ma'lumotlar — Subyektning familiyasi, ismi, sharifi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, tug'ilgan yili va joyi, manzili va kasbi haqidagi ma'lumotlar, shuningdek biometrik, genetik va maxsus ma'lumotlar tarkibiga kirmaydigan boshqa shaxsiy ma'lumotlar.
Biometrik ma'lumotlar — Subyektning anatomik va fiziologik xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsiy ma'lumotlar (barmoq izlari, yuzi, ko'z gavhari, ovoz xususiyatlari va h.k.).
Maxsus ma'lumotlar — Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqish, siyosiy, diniy yoki dunyoqarash e'tiqodlari, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari a'zoligi haqidagi ma'lumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka, shaxsiy hayot va sudlanganlikka oid ma'lumotlarni o'z ichiga olgan shaxsiy ma'lumotlar.
3. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari.
3.1. Siyosat O'zbekiston Respublikasining quyidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan:
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
- O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi;
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
- O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi;
- O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-iyundagi «Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida»gi 547-sonli Qonuni (bundan buyon – «O'RQ № 547»);
- O'zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi «Informatsiylashtirish to'g'risida»gi 560-II-sonli Qonuni;
- O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentyabrdagi «Tijorat siri to'g'risida»gi O'RQ-374-sonli Qonuni;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi «O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-6012-sonli Farmoni;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi «Butunjahon axborot tarmog'i Internetda axborot xavfsizligini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 707-sonli Qarori;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi «Shaxsiy ma'lumotlar bazalarining davlat reyestri to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 71-sonli Qarori;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi «Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash sohasidagi ba'zi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 570-sonli Qarori.
3.2. Kompaniya shaxsiy ma'lumotlarni qonuniy va adolatli asosda qayta ishlaydi. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asosi Kompaniya ularni bajarish va ularga muvofiq shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlaydigan me'yoriy-huquqiy hujjatlar va yuridik ahamiyatga ega hujjatlar majmuidir.
4. Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash tamoyillari, shartlari va maqsadlari.
4.1. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tamoyillari quyidagilardir:
- inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya qilish;
- shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
- shaxsiy ma'lumotlarning aniqligi va haqqoniyligi;
- shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi va himoyalanganligi;
- subyektlar, egalar va operatorlarning huquqlari tengligi;
- shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi.
4.2. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- subyektning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligi;
- subyekt tomoni bo'lgan shartnomani bajarish uchun yoki bunday shartnoma tuzilishidan oldin subyektning so'roviga ko'ra chora ko'rish uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurati;
- qonunchilikda belgilangan egasi va (yoki) operatorning majburiyatlarini bajarish uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurati;
- subyekt yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurati;
- egasi va (yoki) operator yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoki ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarga erishish uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurati, bunda shaxsiy ma'lumot subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan;
- shaxsiy ma'lumotlarni majburiy anonimlashtirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida qayta ishlash;
- agar shaxsiy ma'lumotlar ommaviy manbalardan olingan bo'lsa.
4.3. Subyektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarur bo'lganda, ularni qayta ishlashga rozilik olish imkoni tug'ilgunga qadar subyektning roziligisiz qayta ishlashga yo'l qo'yiladi.
4.4. Egasi va (yoki) operator yoki uchinchi shaxs shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashda quyidagi talablarga rioya qilishi shart:
- shaxsiy ma'lumotlarni aniq va oldindan e'lon qilingan maqsadlarda qayta ishlash;
- shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashda mos kelmaydigan maqsadlarga ega shaxsiy ma'lumotlar bazalarini birlashtirishga yo'l qo'ymaslik;
- shaxsiy ma'lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi, yaxlitligi va saqlanishini ta'minlash;
- agar qonunchilikda yoki subyekt bilan tuzilgan shartnomada shaxsiy ma'lumotlarni saqlash muddati belgilanmagan bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlar ularni qayta ishlash maqsadlariga erishish muddatidan oshmaydigan muddat davomida saqlanadi;
- agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, qayta ishlash maqsadlariga erishilgandan so'ng yoki bu maqsadlarga erishish zarurati bo'lmaganda qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlarni yo'q qilish yoki anonimlashtirishni ta'minlash.
4.5. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari quyidagilardir:
- jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalarini tuzish;
- Kompaniyaning ish beruvchi sifatidagi funksional majburiyatlarini bajarish;
- Kompaniyaning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini ta'minlash;
- xizmatlar ko'rsatish va (yoki) ishlarni bajarish uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzish;
- yangi mijozlarni jalb qilish sohasida tadbirlarni amalga oshirish;
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligining ishchining o'ziga, shuningdek muayyan hollarda ishchining qarindoshlariga imtiyozlar berish qismidagi talablarini bajarish;
- egasi va (yoki) operator faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, nizomlar, ta'sis hujjatlari yoki boshqa hujjatlarga zid kelmaydigan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga mos keladigan boshqa maqsadlar.
5. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlarning hajmi va toifalari, shaxsiy ma'lumot subyektlarining toifalari.
5.1. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlarning mazmuni va hajmi e'lon qilingan qayta ishlash maqsadlariga to'liq mos keladi.
5.2. Kompaniya quyidagi toifadagi shaxsiy ma'lumot subyektlarining shaxsiy ma'lumotlarini yig'adi va keyinchalik qayta ishlaydi:
- Kompaniya bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan ishchilar;
- ilgari ishlagan va mehnat shartnomasini bekor qilgan ishchilar;
- ishchilarning yaqin qarindoshlari;
- bo'sh lavozimlarga nomzodlar;
- affillangan kompaniyalar xodimlari;
- Kompaniya ishtirokchilari (ta'sischilari);
- Kompaniya mijozlari, jumladan BizTorg Platformasi (Internet tarmog'ida www.biztorg.uz manzilida joylashgan sayt, BizTorg mobil ilovasi) mijozlari;
- uchinchi tomon tadbirkorlik subyektlari ishchilari.
6. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlari.
6.1. Shaxsiy ma'lumotlar ommaga ochiq bo'lgan va ommaga ochiq bo'lmagan ma'lumotlarga bo'linadi.
6.2. Ommaga ochiq shaxsiy ma'lumotlar subyektning roziligi bilan erkin foydalanish mumkin bo'lgan yoki maxfiylikka rioya qilish talablari tarqalmaydigan shaxsiy ma'lumotlardir. Ularning tarkibiga ommaga ochiq shaxsiy ma'lumot manbalarida, jumladan elektron axborot resurslarida, ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda joylashtirilgan shaxsiy ma'lumotlar kiradi.
6.3. Ommaga ochiq bo'lmagan shaxsiy ma'lumotlar subyektning roziligisiz erkin foydalanib bo'lmaydigan, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan cheklangan shaxsiy ma'lumotlardir. Ularning tarkibiga subyektga tegishli biografik, biometrik, genetik, maxsus va boshqa ma'lumotlar kiradi.
6.4. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash egasi va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan subyekt yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan amalga oshiriladi, ushbu Siyosatning 4.2-bandi uchinchi – yettinchi abzatslarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.5. Maxsus shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun subyektning yozma shaklda yoki elektron hujjat ko'rinishida roziligini olish talab qilinadi.
6.6. Ommaviy ofertada shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari aniq ko'rsatilgan taqdirda, ommaviy ofertani aksept qilish subyektning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligi hisoblanadi.
6.7. Subyektning egasi va (yoki) operator xizmatlarini olish uchun belgilangan talablar va shartlarga roziligi shaxsiy ma'lumotlarni egasi va (yoki) operator tomonidan qayta ishlashga roziligi hisoblanadi.
6.8. Subyekt yoki uning qonuniy vakili istalgan vaqtda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini qaytarib olish huquqiga ega. Bunda subyektning shaxsiy ma'lumotlari shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni to'xtatish to'g'risidagi ariza (bildirishnoma) kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay egasi va (yoki) operator tomonidan yo'q qilinishi lozim.
6.9. Ommaga ochiq shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish uchun subyekt yoki uning qonuniy vakilining roziligini olish talab qilinmaydi.
6.10. Shaxsiy hayotning daxlsizligini ta'minlash yoki ehtiyot choralari sifatida o'rnatilgan videokuzatuv vositalari yordamida to'plangan ma'lumotlar, agar ularni aniq maqsadlarda qayta ishlash nazarda tutilmagan bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish hisoblanmaydi. Bunda bunday videokuzatuv vositalari yordamida to'plangan ma'lumotlarni tarqatishga yo'l qo'yilmaydi.
6.11. Shaxsiy ma'lumotlarni tizimlashtirish tartibi va tamoyillari egasi va (yoki) operator tomonidan mustaqil belgilanadi.
6.12. Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash, shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishda oldindan e'lon qilingan maqsadlar talab qiladigan darajada subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi shaklda amalga oshiriladi.
6.13. Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish egasi va (yoki) operator tomonidan subyekt yoki uning qonuniy vakilining arizasi (so'rovi) asosida, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
6.14. Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish egasi va (yoki) operator tomonidan subyektning arizasi (so'rovi) berilgan paytdan boshlab 3 (uch) kundan kechiktirmay, subyektga bu haqda xabar berilgan holda amalga oshiriladi.
6.15. Haqiqatga to'g'ri kelmaydigan shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan boshlab kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
6.16. Shaxsiy ma'lumotlardan egasi va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan foydalanish faqat ularni yig'ishning oldindan e'lon qilingan maqsadlari uchun amalga oshiriladi.
6.17. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq egasi va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs ishchilari tomonidan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish faqat ularning kasbiy, xizmat yoki mehnat vazifalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6.18. Shaxsiy ma'lumotlarni ularni yig'ishning oldindan e'lon qilingan maqsadlaridan tashqariga chiqadigan hollarda tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi.
6.19. Davlat organlari shaxsiy ma'lumotlarni so'raganda, shaxsiy ma'lumot subyektiga bu haqda bildirishnoma yuboriladi (qonunchilikka muvofiq davlat sirini tashkil etuvchi va cheklangan kirishga ega ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hollar bundan mustasno).
6.20. Kompaniya subyektlarning barcha shaxsiy ma'lumotlarini ularning o'zidan yoki ularning qonuniy vakillaridan oladi, ommaga ochiq bo'lganlari bundan mustasno.
6.21. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma'lumot subyektining roziligi asosida amalga oshiriladi, O'RQ № 547da nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Subyektning rozilik shaklini shaxsiy ma'lumot subyektining shaxsiy ma'lumotlarini o'z ichiga olgan hujjatlarning tipik shakllari (masalan, anketalar, blankalar, qalqib chiquvchi oynalar) bilan birlashtirish mumkin.
6.22. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash deganda shaxsiy ma'lumotlar bilan bog'liq quyidagilarni o'z ichiga olgan harakatlar (operatsiyalar) tushuniladi:
- yig'ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish);
- tizimlashtirish, to'plash;
- foydalanish, tarqatish, uzatish;
- anonimlashtirish, bloklash, yo'q qilish.
6.23. Shaxsiy ma'lumot subyekti o'z shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etish to'g'risida qaror qabul qiladi va ularni qayta ishlashga o'z irodasi va manfaati bilan, sog'lom holatda va majburlashsiz rozilik beradi.
6.24. Subyektga bildirishnoma yuborish va uning roziligini olish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
- davlat organlari o'z vakolatlarini amalga oshirganda;
- shaxsiy ma'lumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda qayta ishlash uchun uzatilganda;
- shaxsiy ma'lumotlar ommaga ochiq manbalardan yig'ilganda.
6.25. Shaxsiy ma'lumotlarni chegaraaro uzatish shaxsiy ma'lumot subyektlarining huquqlarini adekvat himoya qiladigan xorijiy davlatlar hududiga amalga oshiriladi.
6.26. Shaxsiy ma'lumotlarni adekvat himoya qilmaydigan xorijiy davlatlar hududiga chegaraaro uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
- subyektning o'z shaxsiy ma'lumotlarini chegaraaro uzatishga roziligi mavjud bo'lganda;
- O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini, jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, aholi sog'lig'i va axloqini himoya qilish zarurati bo'lganda;
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda.
6.27. Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashda egasi va operator, shuningdek uchinchi shaxs ularni anonimlashtirishga majbur.
6.28. Shaxsiy ma'lumotlarni anonimlashtirish uchun subyektning roziligini olish talab qilinmaydi.
6.29. Shaxsiy ma'lumotlarni anonimlashtirish shaxsiy ma'lumotlarni tiklash imkoniyatini istisno qiladi.
6.30. Agar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlar egasi va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda 3 (uch) kun ichida yo'q qilinishi lozim:
- shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadiga erishilganda;
- subyektning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligi qaytarib olinganida;
- subyektning roziligi bilan belgilangan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash muddati tugaganida;
- sud qarori qonuniy kuchga kirganda.
6.31. Subyektning shaxsiy ma'lumotlarini qonunchilikni buzgan holda qayta ishlash amalga oshirilgan taqdirda, shaxsiy ma'lumotlar subyektning yoki uning qonuniy vakilining talabiga, sud qaroriga yoki boshqa vakolatli davlat organining talabiga asosan ularni saqlash manbaidan 1 (bir) ish kuni ichida yo'q qilinishi lozim.
6.32. Kompaniya shaxsiy ma'lumot subyektining roziligi mavjud bo'lganda taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarning to'liqligi va aniqligini tekshirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Xato yoki to'liq bo'lmagan shaxsiy ma'lumotlar aniqlangan taqdirda, Kompaniya shaxsiy ma'lumot subyekti bilan barcha munosabatlarni to'xtatish huquqiga ega.
6.33. Kompaniya O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish maqsadida shaxsiy ma'lumotlarni ularga g'ayriqonuniy va (yoki) ruxsatsiz kirishdan, yo'q qilishdan, o'zgartirishdan, bloklashdan, nusxalashdan, taqdim etishdan, tarqatishdan, shuningdek shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan boshqa g'ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy va texnik choralarni ko'radi, xususan: shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish va shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul shaxsni tayinlaydi.
7. Subyektlarning murojaatlari va so'rovlarini ko'rib chiqish tartibi.
7.1. Shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakili o'z shaxsiy ma'lumotlariga kirish bo'yicha murojaat qilganda yoki yozma so'rov bilan murojaat qilganda, Kompaniya O'RQ №547ning 18, 19, 21, 22 va 23-moddalari talablariga amal qiladi.
7.2. Kompaniya shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakiliga o'z shaxsiy ma'lumotlariga kirishni faqat Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs nazorati ostida taqdim etadi.
7.3. Shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakilining murojaati shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash masalalari bo'yicha fuqarolar (shaxsiy ma'lumot subyektlari) murojaatlarini hisobga olish jurnalida qayd etiladi.
7.4. Shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakilining yozma so'rovi fuqarolarning o'z shaxsiy ma'lumotlariga kirish bo'yicha yozma so'rovlarini ro'yxatga olish jurnalida qayd etiladi.
7.5. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs subyektga shaxsiy ma'lumotlarga kirishni taqdim etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
7.6. Agar subyekt taqdim etgan ma'lumotlar uning shaxsini aniqlash uchun yetarli bo'lmasa yoki shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish boshqa shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini buzsa, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs O'RQ № 547ning 22-moddasi 4-qismi yoki bunday rad etishga asos bo'ladigan boshqa me'yoriy-huquqiy hujjat qoidasiga havolani o'z ichiga olgan asosli javobni, shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakili murojaat qilgan kundan yoki uning so'rovi olingan sanadan boshlab 30 (o'ttiz) ish kunidan oshmaydigan muddatda tayyorlaydi.
7.7. Shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakiliga subyektning shaxsiy ma'lumotlariga kirishni taqdim etish uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs subyektning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlaydigan tarkibiy bo'linma rahbari bilan kelishilgan holda ushbu tarkibiy bo'linma xodimi (xodimlari)ni jalb qiladi.
7.8. Kompaniya shaxsiy ma'lumotlar mavjudligi haqidagi ma'lumotni shaxsiy ma'lumot subyektiga tushunarli shaklda taqdim etadi va ularda boshqa shaxsiy ma'lumot subyektlariga tegishli shaxsiy ma'lumotlar bo'lmasligi lozim. Subyektga yoki uning qonuniy vakiliga ma'lumot taqdim etilishini nazorat qilishni shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs amalga oshiradi.
7.9. Shaxsiy ma'lumotlar mavjudligi haqidagi ma'lumotlar shaxsiy ma'lumot subyekti yoki uning qonuniy vakilining so'rovi olingan sanadan boshlab 15 (o'n besh) kun ichida so'rovga javob berishda subyektga taqdim etilishi lozim.
8. Nazorat organlarining so'rovlari bo'yicha harakatlar tartibi.
8.1. O'RQ № 547ning 20-moddasi 4-qismiga muvofiq Kompaniya tegishli shaxsiy ma'lumotlar bazasini ro'yxatga olish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning har bir o'zgarishi haqida bunday o'zgarish yuz bergan kundan boshlab 10 (o'n) taqvim kunidan kechiktirmay shaxsiy ma'lumot subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakolatli organga xabar beradi.
8.2. Nazorat organlarining so'roviga asosli javob tayyorlash uchun ma'lumot yig'ishni shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs zarurat bo'lganda Kompaniya xodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi.
8.3. Qonunchilikda belgilangan muddat ichida shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul shaxs asosli javob va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlaydi va vakolatli organga yuboradi.
9. Yakuniy qoidalar.
9.1. Siyosat ommaga ochiqdir. Siyosatning ommaga ochiqligi Kompaniyaning Internet tarmog'ida www.biztorg.uz manzilida joylashgan rasmiy saytida e'lon qilinishi orqali ta'minlanadi.
9.2. Siyosat quyidagi hollarning har qandayida qayta ko'rib chiqilishi mumkin:
- O'zbekiston Respublikasi shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish sohasidagi qonunchiligi o'zgarganda;
- Siyosat qo'llanish sohasiga tegishli nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo'yicha vakolatli davlat organlaridan ko'rsatmalar olingan hollarda;
- Kompaniya rahbariyatining qarori bilan;
- Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va muddatlari o'zgarganda;
- tashkiliy tuzilma, axborot va (yoki) telekommunikatsiya tizimlari tuzilmasi o'zgarganda (yoki yangilari joriy etilganda);
- shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning (jumladan uzatish, saqlashning) yangi texnologiyalari qo'llanilganda;
- Kompaniya faoliyati bilan bog'liq shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini o'zgartirish zarurati tug'ilganda.
9.3. Siyosat qoidalari bajarilmagan taqdirda Kompaniya va uning ishchilari O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo'ladi.
9.4. Siyosat talablari bajarilishini nazorat qilishni Kompaniyaning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun mas'ul, shuningdek shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi uchun mas'ul shaxslar amalga oshiradi.
9.5. Siyosat rus va o'zbek tillarida tuzilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tili ekanligiga qaramay, ikki tildagi tahrirlar o'rtasida farqlar bo'lgan taqdirda, rus tilida tuzilgan tahrirga ustunlik beriladi.